Tug‘ruqqa Yordam Berish
Tugʻruqqa yordam berish — homiladorlik, tugʻruq va chilla davrida ayollar sogʻligʻini muhofaza etishga qaratilgan profilaktika va davo tadbirlari sistemasi. Tugʻruqqa yordam berishb. onalar va bolalar muhofazasinnnt muhim boʻlimidir. Oʻzbekistonda Tugʻruqqa yordam berishb. sistemasi tugʻruqxonalar, ayollar konsultatsiyasi, qishloq vrachlik punktlari, kasalxonalarning akusherlikginekologiya boʻlimlarida amalga oshiriladi. Bu yerda ayollarga oʻz vaqtida yuqori malakali ixtisoslashgan akusherginekolog yordam koʻrsatadi. Tugʻruqqa yordam berishb. tashkiliy va ilmiymetodik asoslarining birligi, Tugʻruqqa yordam berishb. muassasalari ishlab chiqqan profilaktika, davo, diagnostikaning eng yangi usullarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish, tibbiyot kadrlari malakasini muntazam oshirib borish aholiga akusherginekologik yordam koʻrsatishning tobora yaxshilanib borishiga imkon beradi. Oʻzbekistonda Tugʻruqqa yordam berishb. ishini yaxshilash maqsadida tugʻruqxonalar ayollar maslahatxonasi bilan birlashtirilgan, ular vrachlik uchastkasi boʻyicha ish olib boradi; bu esa ginekologik kasalliklar va homiladorlik asoratlarini barvaqt aniqlash, homilador ayollarni muntazam kuzatib borish va zaruriyat boʻlsa, davolash, koʻzi yoriydigan ayollarni oʻz vaqtida tugʻruqxonaga yotqizish, homiladorlik, chilla davri va bola parvarishi gigiyenasiga oid sanitariya maorifi ishlarini olib borish imkoniyatini beradi. Tugʻruqqa yordam berishb. muassasasi ayollarga onalik huquqlarining himoyasi yuzasidan ijtimoiyhuquqiy yordam koʻrsatadi, shuningdek, irsiy kasalliklarning oldini olish va davolashga tegishli tibbiygenetika tekshiruvlarini olib boradi.
uz.wikipedia.org