Tugʻma tabiiy metallar




Tugʻma tabiiy metallar - rudali va sochma konlarda uchraydigan tabiiy yaxlit tugma metallar (oltin, kumush, platina va boshqalar); odatda, ularning oʻlchami bu metall zarralarining aksari qismini tashkil qilgan massasini oʻlchamidan keskin farq qiladi. Tugʻma tabiiy metallarm. kam uchraydi va massasi, odatda, 1 g dan ortiq boʻladi. Eng yirik tugma oltin Avstraliyada topilgan: "Xolterman plitasi" — uning ogʻirligi kvars bilan birgalikda 285 kg boʻlib, unda sof oltin massasi 83,3 kg va "Kutilgan notanish" — ogʻirligi kvars bilan birgalikda 70,9 kg, sof oltin — 69,6 kg. Yirik sof tugʻma platina Uraldagi dunitlarda (0,427 kg) va sochmalarda (9,639 kg) topilgan. Sochmalarda Tugʻma tabiiy metallarm.ning koʻp qismi ruda hosil boʻlish jarayenida gidrotermal eritmalarda hosil boʻlgan deb hisoblanadi.



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz