Tugʻma Tabiiy Metallar
Tugʻma tabiiy metallar - rudali va sochma konlarda uchraydigan tabiiy yaxlit tugma metallar (oltin, kumush, platina va boshqalar); odatda, ularning oʻlchami bu metall zarralarining aksari qismini tashkil qilgan massasini oʻlchamidan keskin farq qiladi. Tugʻma tabiiy metallarm. kam uchraydi va massasi, odatda, 1 g dan ortiq boʻladi. Eng yirik tugma oltin Avstraliyada topilgan: "Xolterman plitasi" — uning ogʻirligi kvars bilan birgalikda 285 kg boʻlib, unda sof oltin massasi 83,3 kg va "Kutilgan notanish" — ogʻirligi kvars bilan birgalikda 70,9 kg, sof oltin — 69,6 kg. Yirik sof tugʻma platina Uraldagi dunitlarda (0,427 kg) va sochmalarda (9,639 kg) topilgan. Sochmalarda Tugʻma tabiiy metallarm.ning koʻp qismi ruda hosil boʻlish jarayenida gidrotermal eritmalarda hosil boʻlgan deb hisoblanadi.
uz.wikipedia.org