Tugʻma tabiiy elementlar
Tugʻma tabiiy elementlar - tabiatda barqaror minerallar shaklida uchraydigan kimyoviy elementlar. Tugʻma tabiiy elementlare. nometallar (uglerodning polimorf modifikatsiyalari — olmos va grafit, tugʻma S, Se, Te), yarim metallar (tugʻma As, Sb) va metallar (tugʻma Ai, Ag, Si, Pt, Pd, Ir, Fe, Ta, Pb, Zn, Hg, Bi)ra boʻlinadi. Odatda, mineralogik va genetik jihatdan Tugʻma tabiiy elementlare. bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qattiq eritmalar, baʼzan intermetall birikmalar ham Tugʻma tabiiy elementlare. hisoblanadi. Mas., platina guruhidagi minerallar tarkibida sof platina bilan birga ferroplatina, poliksen va boshqa boʻladi. Tabiiy sharoitda bir qancha gazlar: azot, kislorod, vodorod, argon, geliy, kripton, ksenon, radon ham tabiiy holda uchraydi. Koʻpchilik Tugʻma tabiiy elementlare. kam uchraydi va baʼzi bir holatlardagina yirik toʻplamlar (konlar) hosil qiladi. Metallardan tugʻma oltin va platina guruhidagi elementlar, ayrim turdagi konlar rudasi tarkibidagi tugʻma mis, shuningdek kumush sanoatda mugʻim ahamiyatga ega. Nometallardan olmos, grafit, oltingugurtning ahamiyati katta. Oy jinslari va meteoritlarda Yer poʻstida kam uchraydigan tugma temir va temirnikel mavjud. Tugʻma tabiiy elementlare. sinfiga mansub ayrim minerallar polimorf modifikatsiyali boʻladi. Tugʻma tabiiy elementlare.ning kelib chiqishi magmatik, gidrotermal, metamorfik va gipergen jarayonlar bilan aniqlanadi va ular, asosan, sochma konlaraa uchraydi. Ayrim Tugʻma tabiiy elementlare. yirik toʻplamlar va konlar gʻosil qiladi.
uz.wikipedia.org