Tugʻma Minerallar
Tugʻma minerallar - tabiatda sof holda uchraydigan kimyoviy elementlar. 30 dan ortiq kimyoviy element (xususan, metallar) Yer pustila Tugʻma minerallar holida uchraydi. Baʼzi gazlar va suyuq holatdagi elementlar (mas., simob) ham shu minerallar katoriga kiradi. Ular Yer pusti umumiy massasining taxminan 0,1%ini tashkil qiladi, shundan 0,04% azot va 0,01—0,02% kislorod; qolgan qismi 0,05%. Baʼzi elementlar tabiatda koʻpincha tugʻma holda uchraydi. Bunday elementlardan geliy, neon, ksenon, radon, uglerod, azot, kislorod, oltingugurt, xlor, qalay, temir, kobalt, margimush, selen, radiy, palladiy, osmiy, iridiy, platina, oltin, simob, kumush, vismut asl elementlar deyiladi. Tugʻma minerallar kimyoviy xossalariga qarab 3 guruhga ajratiladi: metallar — oltin, kumush, mis, platina, temir, nikel va boshqa; yarim metallar — margimush, surma, vismut; metalloidlar — uglerod, oltingugurt. Tugʻma minerallarning hosil boʻlishi Yer poʻstidagi endogen va ekzogen jarayonlarda sodir boʻladigan turli fizik va kimyoviy sharoitlarga bogʻliq. Oʻzbekistonda oltin, kumush, uglerod (grafit), simob, qalay, qoʻrgʻoshin, temir, vismut kabi Tugʻma minerallar mavjud.
uz.wikipedia.org