Tug'ma maymoqlik
Tug'ma maymoqlik — tayanch-xarakat apparati tug'ma deformatsiyalari (nuqsonlari) ichida koʻp uchraydigani (xamma tug'ma deformatsiyalarning 35-38%) boʻlib, oʻgil bolalarda qizlarga nisbatan ikki barobar koʻp uchraydi. Ikki tomonlama maymoklik bir tomonlama maymoqlikka nisbatan koʻp uchraydi.
Etiologiya
Tug'ma maymoqlik — kelib chiqish sabablariga koʻra koʻp omilli kasallik xisoblanadi. Bu omillar quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
Klinika
Tug'ma maymoqlikning 2 turi:
Davolash
Konservativ va operativ yoʻl bilan olib boriladi. Bola tugʻilganidan 10-12 kun oʻtganidan keyin konservativ davolashni boshlash mumkin. Davolash shifokor rahbarligida ona tomonidan har kuni redressatsiya (kuch bilan toʻgʻrilash) qilinib, erishilgan natija mustaxkamlanib boriladi. Yosh bolalarda oyoq panjasi suyaklari togʻaydan iborat boʻlib, faqat suyak hosil qiluvchi yadrolari boʻladi, oʻsish jarayonida har xil oʻzgarishlarga moyil boʻladi. Shuning uchun oyoq panjasi narkozsiz muayyan muolajadan soʻng oson korreksiyalanadi (toʻgʻrilanadi). Ular oyoq panjasining maymoqlikdagi xolati: supinatsiya, adduksiya va ekvinusga qarab toʻg'irlanadi. Maymoqlikning yengil turida maxkamlash (fiksatsiya) bint, og'ir xollarda bosqichli gips bogʻlami qoʻyiladi. Tug'ma maymoqlikning yengil turlarida (bint bilan korreksiya qilishdan tashqari) passiv korreksiyalovchi gimnastika, har gal bintni almashtirganda kuniga 3-5 daqiqadan boldirni va panjani 3-4 marta silash zarur.
Fink-Ettiigen texnikasi
Mushaklarni boʻshashtirish uchun bola oyog'ining tizza boʻgʻimi toʻgʻri burchak ostida bukiladi. Bintning uzunligi 2 metr, eni 5-6 sm. Maymoqlikni tuzatish deformatsiyaning sanab oʻtilgan komponentlari: supinatsiya, adduksiya va ekvinus xolatlarining tartibi boʻyicha amalga oshiriladi. R.R.Vreden ma'lumotiga ko'ra redressatsiya qilayotganda bolaning yig'lashi tabiiy xoldir, lekin «qattiq, yig'laganda» muolajani asta-sekin amalga oshirish talab etiladi.
Manbalar
Adabiyotllar
uz.wikipedia.org