Tugʻma kumush




Tugʻma kumush — tugʻma tabiiy elementlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi deyarli sof Ag(l,5% dan koʻp boʻlmagan aralashmalardan), Ai, Hg, Sb, Bi yoki Si ning Ag dagi tabiiy qattiq eritmalari orasida oʻzgarib turadi. Turlari: kyustelit (Ai 10% gacha), kongsbergit, arkverit, bordozit (Hg muvofiq ravishda 5,13 dan 30%gacha), animikit, allargentum (Sb 11 — 15%), chilenit (Bi 5% gacha), kumush (Si 0,1% gacha). Tugʻma kumush markazlashgan qirrali kub singoniyada kristallanadi. Chili (Xanarsilo)da topilgan ulkan taxta koʻrinishidagi Tugʻma kumushning ogʻirligi 1420 kg. Rangi oq boʻlib, koʻpincha usti yupqa qora parda bilan qoplangan boʻladi. Tugʻma kumush kam uchraydi, metallsimon yaltiraydi. yumshoq, oson bolgʻalanuvchan. Qattiqligi 2,5, zichligi 10,5 g/sm1. Gidrotermal tomirlarda koʻproq sulfidli polimetall konlarning sementlanish va oksidlanish zonalarida kaltsit, flyuorit, adulyar hamda Ag, So, Ni, Bi, U minerallari va boshqalar bilan birga uchraydi. Tugʻma kumush konlari xorijda Norvegiya (Kongsberg), Kanada (Kobalt), Germaniya (Shneberg va Annaberg) va boshqa joylarda mavjud. Tugʻma kumush tugʻma oltin bilan birga kumush, kolchedan, qoʻrgʻoshinrux konlarining oksidlanish zonasida uchraydi (Ural, Jezqazgan, Potosi va boshqalar). Oʻzbekistonda Qurama togʻlarining rudali konlarida keng tarqalgan.



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz