Tugʻma kataraktalar
Tugʻma kataraktalarda — koʻz gavharining tugʻma yalligʻlanish kasalligi hisoblanadi. Tugʻma katarakta bolalarda koʻrish organining barcha tugʻma nuqsonlari yarmidan koʻpini tashkil qiladi. Kasallik ham bir tomonlama, ham ikki tomonlama boʻlishi mumkin, shuningdek, boshqa patologiyalar bilan birgalikda kelishi mumkin.
2010-yilda dunyo boʻylab katarakta tufayli koʻrish qobiliyatini yoʻqotganlar soni 35,1 million kishini tashkil etgan va ulardan 10,8 millionga yaqin kishi esa butunlay koʻr boʻlib qolgan.
Patogenezi
Koʻz gavhari loyqalanishning qaysi qismga taalluqligiga qarab, oldi va orqa qutb kataraktasi (Cataracta polarisant. et posterior), kortikal katarakta (Cataracta corticalis), qavatma-qavat (cataracta zonularis), qobiq kataraktasi (cataracta capsularis)
va toʻliq katarakta (cataracta totalis) deyiladi. Tugʻma kataraktaning oʻziga xos 3 asosiy belgisi bor:
Turlari
1. Oldi va orqa qutb kataraktasi
gavharning oldi va orqa
qutbi markazida ochkoʻkimtir nuqtaga oʻshab turadi. Oldi qutb
kataraktasi koʻzning ilk em brional davrida uning umumiy
ektodermadan ajralish jarayoni paytidagi patologiyadir. Orqa qutb
kataraktasi esa, shishasimon tana arteriyasi (a. hyaloidea) ning
homiladagi bola tugʻilguncha soʻrilib ketishi lozim boʻlgan jarayon
qandaydir sabab bilan oʻz vaqtidan kechroq tugaganida paydo
boʻladi. Bu ikki koʻrinishdagi qutb kataraktasi kichkina (2-3 mm)
boʻlgani uchun ko^ning koʻrishi ham 4-5 qatorga teng boʻladi va
uni operatsiya qilishga ehtiyoj qolmaydi.
2. Kortikal katarakta
Embrional yadro atrofida loyqalanish paydo boʻlishidan vujudga keladi, bunda gavhar onhkoʻkimtir tus olib, diffuz loyqalanish boʻladi. Koʻzning koʻrishi pasayadi, operatsiya lozim boʻladi.
3.Qavatma-qavat zonulyar katarakta
Gavhar markazidagi tiniq
yadro va uning atrofidagi tiniq kortikal qismi orasida bir necha
notiniq qavatlar oralab yotadi. Bu holat qorachiqni kengaytirib,
nur yordamida qaralganda juda yaxshi koʻrinadi. Agar notiniq
qavatlarda loyqalanish qalin boʻlsa, koʻzning koʻrish qobiliyati ham
ancha pasayadi. Bunday bem orlarda gavharning o ʻrtasida
loyqalanish yupqaroq boMgani uchun u qizgʻishroq va chetlari
(ekvatorida) esa loyqalanish qalinroq boʻlgani va ekvator qirrasidan
5-6 ta arra tishi shaklidagi ayrim-ayrim boʻrtiqchalar chiqib turgani
oʻziga xos koʻrinish beradi. Bu boʻrtiqchalar gavhar ekvatorining
ustiga minib turgan „suvoriyni“ eslatadi. Y onidan yoritib
qaralganda bu shakllar och va toʻq kulrang boʻlib koʻrinsa, o ʻtuvchi
nurlarda tekshirilganda bular qizil refleks fonida qora boʻlib
koʻrinadi. Bu kataraktada ekvator sohasidagi loyqalanish qalinroq
boʻlgani uchun u qoraroq, oʻrtasi yupqaroq boʻlgani uchun
qizgʻishroq koʻrinib, teshik kulchani ham eslatadi.
4. Homila davridagi katarakta
Gavharda modda almashinuvining buzilishiga,
ayniqsa kaltsiy tuzlarining yetishmasligi sabab boʻladi. Bunday
bolalarda raxit, spazmofiliya va tishlar patologiyasi ham boʻladi.
Bolaning koʻrish qobiliyati juda past boʻlsa, operatsiya qilib
loyqalangan massalar soʻrilib tashlanib, unga kontakt linza yoki koʻz
ichiga linza qoʻyish tavsiya etiladi.
5. Kortikal27 diffuz kataraktada
Gavharning hamma kortikal qismi bir xilda loyqalanadi. Yonidan yorugʻlik tushirib qaralganda qorachiq oq koʻkimtir tusda koʻrinadi. Gavhar notiniq boʻlgani uchun nur yurgizib koʻrib boʻlmaydi. Koʻzning koʻrishi juda pasayib, faqat yorugʻni koʻradi xolos. Shuning uchun kataraktaning bu turi qancha vaqtli operatsiya qilinsa, shuncha natijali boʻladi, chunki bunday koʻz uzoq vaqt koʻrmay yurganda toʻr pardadagi hujayralarning faoliyatsizligidan ko ʻrish qobiliyati susayib ambliopiyaga olib boradi.
Diagnostika
Tashxisni tugʻilishda oddiy oftalmoskopiya va bilvosita oftalmoskopiya bilan sogʻlom bolada sezilarli darajada buzilgan qizil refleks yoki oftalmoskopiyada koʻrinmaydigan optik disk bilan aniqlash mumkin. Bunday belgilarga ega boʻlgan bolalar doimo oftalmologga shoshilinch ravishda koʻrsatilishi kerak, keyin ikki tomonlama tugʻma kataraktlarni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash va protsedura 4-6 hafta davom etishi kerak. Oftalmolog kengaygan oʻquvchilar bilan koʻzlarni tekshiradi va, katarakt tashxisini tasdiqlash hamda, koʻzning boshqa tuzilmalari tarmoqqa taʼsir qilmasligiga ishonch hosil qilish uchun koʻzlarning ultratovush tekshiruvini oʻtkaziladi.
Davolash
Agar bolalarda konjenital katarakt tashxisi qoʻyilsa, davolanish toʻliq tekshiruvdan soʻng tuzilgan individual rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Agar linzalarning shaffofligining lokalizatsiyasi va oʻlchami vizual funksiyalarning toʻgʻri rivojlanishiga toʻsqinlik qilmasa, katarakt jarrohlik davolashni talab qilmaydi, ammo kasallik shifokor tomonidan kuzatilishi kerak.
Manbalar
uz.wikipedia.org