Tugʻdira Olmaslik




Bepushtlik , tugʻmaslik, tugʻdira olmaslik — voyaga yetgan organizmning nayel (avlod) qoldirishga ojizligi. Odamda — bir maromda (normal) jinsiy hayot kechirib, boʻyida boʻlishdan saqlanish vositalari (kontratsepiiya)dan foydalanmay, kamida 2 yil birga turib farzand koʻrmaslik "bepushtlik" hisoblanadi. Bepushtlik erkaklarda ham, ayollarda ham uchraydi. Erkaklardagi bepushtlik — tugʻdira olmaslikka jinsiy aʼzolarning tugʻma nuqsoni, yallig'lanish kasalliklari yoki ularning shikastlanishi (qarang Orxit, Epididimit), jinsiy maylning sustligi, shuningdek endokrin sistema faoliyatining oʻzgarishi, urugʻ suyuushgi (sperma)da spermatozoidlar (jinsiy hujayralar) boʻlmasligi yoki ularning urugʻlantira olish xususiyatining yoʻqligi sabab boʻladi. Ayollardagi bepushtlik — tugʻmaslikka bachadon, tuxum yoʻllari, tuxumdon va naylarning yalligʻlanishi, soʻzak, jinsiy aʼzolar sili; ichki sekresiya bezlari (tuxumdon, kalqonsimon bez, buirak usti bezi va boshqalar) faoliyatining buzilishi, balogʻatga yetish davrida infeksion kasalliklar bilan ogʻrish natijasida markaziy nerv sistemasida roʻy bergan jiddiy oʻzgarishlar, jinsiy aʼzolarning yetilmay qolishi — infantilizm sabab boʻlishi mumkin. Yalligʻlanishi tufayli bachadon naylarining bitib qolishi, teshigining juda torayib ketishi sababli ayol tuxum hujayrasi erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan uchrasha va uruglana olmaydi yoki uruglangan tuxum hujayraning bachadonga utishi kiyinlashadi. Bepushtlikda erxotin tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Bepushtlikni iloji boricha barvaqt aniqlab, sabablari bartaraf qilinsa yaxshi natijaga erishish mumkin. Bepushtlikni vrach davolaydi. Yalligʻlanish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan bepushtda fizioterapiya va kurortlarda davolanish ayn iksa muhim. Endokrin sistemasidagi oʻzgarishlar tufayli bepushtlik roʻy berganda fizioterapiya, kurortlarda davolanish bilan birga gormonal dori-darmonlar ham buyuriladi. Bepushtlikning oldini olishda jinsiy aʼzolarning yalliglanish kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlab davolash, abortga yoʻl quymaslik, shaxsiy va jinsiy ozodalik tartiblariga katiy amal qilish lozim.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz