Tufa Fazilova




Tufa Fazilivna Fazilova (tojikcha: Тӯҳфа Фозилова; 1917-yil 25-aprel, Konibodom, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1985-yil 3-fevral Dushanbe) — sovet opera xonandasi, aktrisa va SSSR xalq artisti hisoblanadi.

Biografiyasi



1917-yil 24-aprelda Konibodom shahrida (hozirgi Tojikistonning Sugʻd viloyati) tavallud topgan.

1930-yildan Konibodom nomidagi musiqali drama teatri xonandasi sifatida faoliyat yuritgan. 1933-yildan Oʻzbek musiqali drama teatri (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatri) (Toshkent)da xonanda boʻlib, Halima Nosirova qoʻlida tahsil olgan. Tufa Fazilova 1934 — 1940-yillarda Tojikiston musiqali teatrining (Stalinobod, hozirgi Dushanbe) solisti boʻlgan. 1940 — 1948-yillarda Tojikiston musiqali teatri negizida tashkil etilgan Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston opera va balet teatrining solisti boʻlgan. 1948-yildan tojik drama teatri aktrisasi bo'lib ishlagan.

U sahnada opera partiyalari ijrochisi sifatida tojik kompozitorlarining asarlari hamda tojik va oʻzbek xalq qoʻshiqlarini ijro etgan.

SSSRning koʻplab shaharlarida, shuningdek Eron va Afgʻonistonda safarda boʻldi. U koʻplab filmlarda rol oʻynagan. 50 ga yaqin badiiy filmning tojik tilidagi dublyajida ishtirok etgan. 1963-yildan boshlab Tojikiston SSR Kinematografchilar ittifoqi aʼzosiga aylangan.

U 1985-yil 3-fevralda Dushanbe shahrida vafot etdi. Luchob qabristoniga dafn etilgan.

Oilasi



Oʻgʻli — Marat Sobirovich Aripov (1935-yil) — sovet tojik kinoaktyori va kinorejissyor. 1960-yilda Tojikiston SSR xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovar bo'lgan.

Xotirasi



Aktrisaning hayoti va ijodiy yoʻli haqidagi hujjatli filmlar: „Bizning Tufa“, „Aktrisa siri“.

1985-yilda Konibodom musiqali drama teatriga aktrisa nomi berildi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz