TUF
TUF — sochpopuk turi; mayda qilib o’rilgan sochlarga mustahkamlanadi. Shakli tasmaga biriktirilgan 10 dan ziyod ip tutamlaridan iborat, tutamlar uchi 1-3 qatorli o’ziga xos zarhallangan kumush naycha yoki zar simlardan yasaladigan murakkab shakldagi sharchali qubbachalar bilan bezatilgan (bezaklari yoysimon joylashadigan) shokilalar bilan yakunlanadi. Shokila bezaklariga ko’ra, sodda Tuf (zar simlardan yasaladigan qubbachalardan tuzilgan) hamda hashamdor Tuf (dur, marjonlar taqilgan murakkab shaklli sharchalardan tuzilgan) xillari bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz