Tuekta qo`rg`onlari
Tuekta qoʻrgʻonlari - Pozirik madaniyatiga xos qad. mozorqoʻrgʻon (mil. av. 6—5-asrlar). Oltoy oʻlkasidagi Ursul daryosi soʻl sohilida, Tuekta qishlogʻi yonida joylashgan. 1954-yil S.I.Rudenko qazishma ishlari oʻtkazgan. 2 ta mozorqoʻrgʻon tadqiq qilingan. 1-Tuekta qoʻrgʻoni katta boʻlib diametri 68 m, bal. 4 m ni tashkil etgan; uni bunyod etishga taxminan 6 ming m tosh sarflangan. Qoʻrgʻondan topilgan sarqofa tilogʻoch darax-tidan qilingan boʻlib. uz. 4.25 m ni tashkil etgan.
Sarqofa qopqogʻiga yoʻlbarslar tasviri va vergul, uchburchak koʻrinishidagi naqshlar tushirilgan. Qoʻrgʻon qad. zamonlardayoq talangan, oltin va kumush buyumlar oʻgʻirlangan. Sarqofadagi erkak jasadidan hatto kiyimini ham yechib olishgan. Topilmalar ichida paykonlar, qilich va xanjar, qalqon parchalari diqqatga sazovor. Mayyit bilan 8 ta ot qoʻshib koʻmilgan. Ularning egarjabduqlari bugʻular, loslar, yoʻlbarslar, grifonlarni tasvirlovchi naqshinkor yogʻoch taqinchoqlar bilan bezatilgan. 2-Tuekta qoʻrgʻoni diametri 32 m, bal. 2.6 m. U ham qad.da talangan. Qabrda ayol dafn etilgan sarqofa qoldiqlari saqlangan. Sarqofada kiyiklarning naqshinkor tasviri, ayol kiyimi par-chalari, 8 ta otning yogʻochdan ishlangan bezaklari saqlangan.
Adabiyot
uz.wikipedia.org