Tubulg‘a




Tobulgʻi , tubulgʻa (Spiraea L.) — raʼnoguldoshlarga mansub butalar turkumi. Shim. yarim sharda 100 dan ortiq turi oʻsadi. Boʻyi 0,15—2,5 m cha. Shoxshabbasi gʻuj, barg chiqargandan soʻng mayiyunda gullaydi, guli oq yoki och pushti, toʻpguli shoda yoki roʻvaksimon. Mevasi olmasimon, Yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka va sovuqqa chidamli, tuproq tanlamaydi. Urugʻidan, ildiz va yer ustki bachkilaridan koʻpayadi. T. choʻl va oʻrmonlarda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonning togʻli mintaqalarida yapon T.si (S.japonica L. Sh.), oʻrtancha T. (S. media Schmid.), dalachoybarg T. (S. hupericifaolia L.), tukdor T. (S. piosa Franch.) turlari oʻsadi. T.ning baʼzi turlari jarliklar va tog yonbagʻirlarini mustahkamlashda ekiladi. T. juda koʻp va chiroyli gullagani sabablitolbargT. (S. salicifolia) turi qimmatli manzarali oʻsimlik hisoblanadi. Togʻli yon bagʻirlardagi archazor, butazorlarda, dare boʻylarida oʻsadi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz