Tuberkulyoz daktilit
Tuberkulyoz daktilit - sil kasalligining skelet koʻrinishi, eng keng tarqalgan bakterial osteitlardan biri hisoblanadi. Bolalarga kattalarga qaraganda tez-tez taʼsir qiladi. Vaziyatning birinchi rentgenologik tavsifini 1896-yilda Feilchenfeld tomonidan oʻrganilgan ammo, birinchi tavsif 1886-yilda gistologik Rankin tomonidan oʻrganillgan. Shvetsiyalik botanik va shifokor Carl von Linne 1746-yilda oʻzining „Västgöta resa“ asarida bu holatni birinchi boʻlib „spina ventosa“ nomi bilan keltirib oʻtgan.
Kattalarda bu kasallik bir nechta suyak ishtirokida amalga oshsa, bolalarda esa bitta suyak ishtirokida amalga oshadi. Tuberkulyoz daktilit bolalarda qoʻl va oyoqlarning qisqa quvurli suyaklariga taʼsir qiladi. Koʻpincha oʻtkir osteomielitdan farqli oʻlaroq, isitma va oʻtkir yalligʻlanish hech qanday belgilarsiz oʻtishi mumkin. Bir necha oydan 2-3 yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻi, dastlabki infektsiyadan tashxis qoʻyishgacha boʻlishi mumkin.
Spina ventosa — bu tuberkulyoz daktilit uchun berilgan atama. 6 yoshgacha boʻlgan bolalarni 85% orqa miya tomirlari bilan murojat qiladi. Qoʻl suyaklari oyoqlarga qaraganda koʻproq ishtirok etadi. Koʻrsatkich va oʻrta barmoqlarning proksimal falangalari eng koʻp uchraydigan qismi hisoblanadi. Oʻpka sili bilan ogʻrigan bolalarning deyarli 7%da bu holat rivojlanishi mumkin. Skelet tizimiga tarqalish qon va limfa yoʻllari orqali sodir boʻladi degan faraz bor.
Patogenezi
Pediatrik yoshdagi bolalarning falangalari ilik qismi yahshi shakllanmaganligi hisobiga, sil tayoqchalari koʻpayishi uchun yahshi sharoit hisoblanadi. Sekin-astalik bilan butun ilik boʻshligʻi ishtirok eta boshlaydi va bu asosiy granulomatoz kasallik uning ustidagi yumshoq korteksning kengayishiga sabab boʻladi. Nihoyat, suyakning fuziform kengayishi kuzatila boshlaydi, korteks yupqalashgan holatda boʻladi va ilik boʻshligʻi yoʻq boʻlib, sharga oʻxshash boʻlib qoladi. Suyakning bu kist kengayishi spina ventoza deb ataladi.
Diagnostikasi
Tuberkulyoz daktilit tashxisi gistologik va bakteriologik tadqiqotlar asosida amalga oshirilib kelinadi. Tuberkulyoz daktilit kasalligini osteomiyelit, podagra, sarkoidoz va oʻsmalar kabi kasalliklar bilan oʻxshatish mumkin.
Manbalar
uz.wikipedia.org