TUBERKULIN



TUBERKULIN — sil diagnostikasida qo’llaniladigan preparatlar. Odam va hayvon organizmida allergik reaktsiya hosil qilib sil infektsiyasi boryo’qligini aniqlash uchun qo’llanadi. Birinchi marta nemis olimi R. Kox olgan. Suyuq Tuberkulin yoki Kox alttuberkulini sil bakteriyasi o’stirilgan suyuqlikni bug’latib olinadi; quruq tozalangan Tuberkulin (PPD) bakteriya filtratiga oqsillarni cho’kmaga tushiruvchi kimyoviy moddalar qo’shish va uni keyin tozalash yo’li bilan; suyuq tozalangan Tuberkulin (Ppdl) quruq tozalangan Tuberkulinni bir xilda eritib hosil qilinadi. Aholini silga qarshi yalpi tekshiruvdan o’tkazishda Tuberkulin (q. Mantu sinamasi) dan foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz