Tuapse




Tuapse — Rossiya Federatsiyasi Krasnodar oʻlkasidagi shahar (1896-yildan). Kora dengiz boʻyidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 65,8 ming kishi (1998). Tuapse 1838-yilda Velyaminovskiy istehkomi sifatida vujudga kelgan. 1896-yildan Tuapse nomini olgan, urush davrida (1942-yil sentabr) Tuapse havo hujumidan jiddiy shikastlandi, lekin, urushdan soʻng shahar tezda qayta tiklandi. Mashinasozlik, kemamexanika, kema taʼmirlash, neftni qayta ishlash, temirbeton buyumlar zdlari, poyabzal fabrikasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari, tarixiyoʻlkashunoslik muzeyi, dengiz gidrometeorologiya texnikumi, ped. bilim yurti bor. Tuapse hududi — kurort zonasi (sanatoriy, pansionat, turbazalar mavjud.)

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz