Tuamotu




Tuamotu , Paumotu — Tinch okeandagi arxipelag, 78 marjon oroli va riflardan iborat. Fransiya Polineziyasi tarkibida. Maydoni 810 km². Eng yirik orollari: Rangiroa va Fakarava. Iqlimi tropik, passatli iklim. Yiliga 1500–2000mm yog‘in yog‘adi. Yirik orollarda pandanus, banan daraxtlari, maydaroq orollarda butalar o‘sadi. Kokos palmasi, non daraxti, banan plantatsiyalari bor. Chorvachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, marvarid yig‘iladi. Bosh shahri — Rotoava. Biosfera qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Arxipelagga yevropaliklardan dastlab 1606-yilda portugaliyalik dengizchi sayyoh P. Kiros borgan.Tuamotu rollari-Fransiya Polineziyasi davlat orollari guruhiga joylashgan.Kelib chiqishi-vulqonli asosga ega.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz