Tteok




Tteok (koreyscha 떡) — koreys milliy taomi, yopishqoq qaynatib pishirilgan guruchdan tayyorlanadi.(koreys tilida chhapssal deb ataladi). Tteokning ayrim turlarini tayyorlashda oddiy guruch unidan ham foydalanish mumkin. Tteokning yuzdan ortiq turlari mavjud va uni yil davomida turli hil paytlarda iste'mol qilinadi. Tteokguk (tteok sho'rva) Koreya Yangi yilida an'anaviy ravishda mehmonlarga tortiladi, to'y va tug'ilgan kunlarda esa shirin tteok iste'mol qilinadi. Koreyada tteok bayramona taom hisoblanadi va ingredientlar qimmat yong'oq va mevalardan tortib to oddiy ungacha bo'lishi mumkin. Tteok ko'pincha mosh, anko va butun adzuki loviya, yovvoyi chilonjiyda va boshqa quritilgan mevalar, yog' va kunjut urug'lari, shuningdek qarag'ay yong'oqlari va shakar bilan pishiriladi.

Tteok tayyorlanishi




Quyida an'anaviy tteok tayyorlash uchun ishlatiladigan uy-ro'zg'or buyumlari keltirilgan .

Tteokning turlari



Tteok to'rtta keng toifaga bo'lingan.

Bug`da pishirilganTtok




Sirutteok uchun asosiy ingredientlar guruch (맵쌀, maepssal) yoki glyutinli guruch (찹쌀 chapssal), ba'zan ikkalasining aralashmasi. Adzuki yoki mosh, kunjut, bug'doy uni yoki kraxmaldan tayyorlangan tteok mavjud. Qo`shimcha uchun ko`katlar, mevalar, sabzavotlar ( oq turp, shirin qalampir va boshqalar), yong'oqlar, urug'lar, qo'ziqorinlar, suv o'tlaridan tayyorlanadi. Xamirga koreys cheongju guruch vinosi va shakar o`rnini bosuvchi qo'shimchalar qo'shilishi mumkin .

Siruttok guruchni suvga solinadi, so'ng u maydalanadi. Olingan massa katta idishga solinadi, unda xamir qatlamlari turli xil qo'shimchalar bilan aralashtiriladi yoki darhol kichik klyotsklar tayyorlanadi.

Ezilgan tteok




An'anaviy ezilgan tteok hovoncha yoki bolg'aga o'xshagan maydalash uchun ishlatiladigan idishda tayyorlanadi. Injeolmi, loviya kukuni bilan qoplangan tteok, karetteok (가래떡, silindrsimon oq tteok), cheolpyeong (절편, naqshli tteok) va tancha (단자, loviya pastasi bilan qoplangan yopishqoq sharlar) maydalangan tteokning keng tarqalgan turlaridir.

Guruch va glyutinli guruch tozalanadi sira bilan birga bug' ichida qaynatiladi. Olingan massa hovoncha bilan maydalanadi. Ezilgan tteok yopishqoq (찹쌀도병, japssal dogyeon) va glyutinsiz (맵쌀도병, maepssal dogyeong) ga bo'linadi. Injolmi - (gang, loviya kukuni, kunjut yoki tug'ralgan chilonjiyda ) komul bilan qoplangan yopishqoq tteoklardan biridir. Phatincheolmi (팥인절미) va Kkaeincholmi ((깨인절미) mos ravishda anko va kunjut urug'lari bilan qoplangan yopishqoq bo'lmagan tteok.

Muayyan shakldagi Ttok




Qovurilgan tteok




Boshqa turlar




Tteokdan tayyorlangan taomlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz