TSZINAN



TSZINAN — Xitoyning Sharqiy qismidagi shahar. Shandun provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 5,53 million kishi (1999). Rezina sanoatining yirik markazi. Mashinasozlik (xususan, stanoklar, sanoat jihozlari, avtomobillar ishlab chiqarish), metallurgiya, kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat, qog’oz, to’qimachilik sanoati korxonalari ishlab turibdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz