TSZIN
TSZIN, Oltin, Altan xonligi — o’rta asrlarda hozirgi XXRning shimoli- sharqida yashagan jujanlarning davlati va sulolasi (1115-1234). Jujanlarning kidanlar zulmiga qarshi kurashi jarayonida barpo etilgan. 1125 yil Tszin kidanlarning Lyao davlatini tugatib, uning hududini bosib olgan. 1125-27 yillarda Xitoyning Shimoliy Sun sulolasiga qarshi kurash olib borib, shim. Xitoyning katta qismini, jumladan, imperiya poytaxti kayfin shahrini egallagan Tszin qo’shinlari Yantszi daryosi qiryuqlarigacha borishgan. 1139 yil Tszin Xitoyning Janubiy Sun davlati bilan sulh bitami imzolagan. Unga ko’ra, Janubiy Sun davlati o’zini Tszinning vassal deb tan olgan. 12-asr o’rtalariga kelib Tszin Sharqiy Osiyodagi kuchli davlatga aylangan. Uning tarkibiga hozirgi Shimoliy-Sharqiy va shimoliy Xitoy, ichki Mongoliyaning bir qismi kirgan. Tangutlarning davlati Si Sya va Koreya ham Tszinga vassal bo’lgan. Tszin mo’g’ullar istilosi davrida barham topgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz