TSYURIX UNIVERSITETI
TSYURIX UNIVERSITETI — Shveytsariyadagi yirik universitet. Shveytsariyalik cherkov islohotchisi va siyosiy arbob U Svingli asos solgan (1523) maktab negizida 1833 yil tashkil etilgan. Teologiya, huquq, iqtisodiyot, tibbiyot, san’at, tarix, arxeologiya, falsafa, adabiyot, lingvistika, pedagogika va psixologiya, astronomiya, biologiya, genetika, geologiya, fizika, geografiya, kimyo, matematika va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Botanika bog’i muzeyi (1836), zoologiya (1837) va paleontologiya (1956) muzeylari, ilmiy kutubxonasi (1,5 milliondan ortiq asar) bor. 19 mingga yaqin talaba ta’lim oladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz