TSYURIX



TSYURIX — Shveytsariyaning shimol qismidagi shahar. Tsyurix kantonining ma’muriy markazi. Aholisi 336,8 ming kishi (1998). Tsyurix va Limmat daryosi bo’yidagi port. Transport yo’llarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat va savdo-moliya markazi. Mashinasozlik, kimyo, to’qimachilik, tikuvchilik, yog’ochsozlik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1833), Shveytsariya muzeyi, Kunstxa-uz (14-20- asrlar san’ati), badiiy hunarmandchilik muzeyi bor. Shahar Turikum keltgerman qishlog’i o’rnida yuzaga kelgan. Ilk bor shahar sifatida 929 yilda qayd etilgan. 1218 yildan imperiya shahri maqomini olgan. 19-asrdan shahar yirik bank, sanoat va madaniyat markaziga aylandi. Me’moriy yodgorliklardan Grosmyunster va Fraumyunster roman-gotika soborlari (12-15-asrlar), cherkov (13-asr, ratusha (1694-98) va boshqalar saqlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz