TSVANA
TSVANA, chuana, bechuanlar — bantu guruhiga mansub xalq, Botsvananing asosiy aholisi. 1 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Shuningdek, JAR (taxminan 3,7 million kishi), Zimbabve va Namibiyaning qo’shni rayonlarida yashaydilar. Setsvana tilida so’zlashadi. Aksariyati an’anaviy diniy e’tiqodlarni saqlab qolgan, xristianlar ham bor. Asosiy mashg’uloti chorvachilik va dehqonchilik.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz