Tsuneko Sasamoto
Tsuneko Sasamoto (yaponcha: 笹本 恒子 Sasamoto Tsuneko?, 1-sentyabr 1914 – 15-avgust 2022) birinchi yapon fotomuxbiri edi.
Yoshligi
Sasamoto Yaponiyaning Tokyo shahrida tugʻilgan. U uy xoʻjaligi kollejiga oʻqishga kirgan, lekin rassom boʻlishni orzu qilgani uchun uni tashlagan. Oʻqishni tashlaganidan soʻng, u ota-onasiga aytmasdan rassomlik institutiga va tikuvchilik maktabiga oʻqishga kirgan.
Karyerasi
Sasamoto oʻz faoliyatini Tokyo Nichinichi Shimbun (hozirgi Mainichi Shimbun, Yaponiyadagi gazetalardan biri)dagi mahalliy yangiliklar sahifalarida yarim kunlik illyustrator sifatida boshlagan. U 1940-yilda 26 yoshida Yaponiyadagi Fotosuratlar jamiyatiga aʼzo boʻlgach, sinovdan oʻtgan xodim darajasiga koʻtarilgan va rasman Yaponiyadagi birinchi ayol fotomuxbirga aylangan. Uning soʻzlariga koʻra, Margaret Bourke-White uning fotograf boʻlishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Sasamoto Amerika Yaponiyani bosib olgan vaqtida general Duglas MakArtur koʻmir konchilarinining ish tashlashi va norozilik bildirgan talabalarni suratga oldi.
U 2011-yilda Hyakusai no Finder, yaʼni, Centenarianʼs Finder nomli foto kitobini nashr etgan. 2014-yilda Sasamoto oʻzining 2011-yildagi "Hyakusai Ten", yaʼni "Yuz yillikning koʻrgazmasi" nomli kitobidan oʻz ishining koʻrgazmasini namoyish etgan. 2015-yilda Sasamoto „101-dagi qiziquvchan qiz“ nomli yana bir kitobini nashr etgan. U 2015-yilda chap qo‘li va ikkala oyog‘ini sindirib olganiga qaramay suratga olishni davom ettirgan. Oʻlimidan oldin Sasamoto vafot etgan doʻstlari sharafiga „Hana Akari“ (Gullar porlashi) loyihasi ustida ishlagan.
Sasamoto 2014-yil sentyabrida 100 yoshga to‘ldi va 2022-yil 15-avgustda 107 yoshida tabiiy sabablar tufayli vafot etdi.
Mukofotlari
2016: umr boʻyi muvaffaqiyat uchun Lucie mukofoti
Manbalar
uz.wikipedia.org