Tsunami




Tsunami (yaponcha: 津波 — ajal va vayronalik keltiruvchi toʻlqinlar) — suv ostida yoki sohil boʻyida kuchli zilzila boʻlganda, baʼzan vulqonlar otilishi yoki boshqa tektonik jarayonlar oqibatida dengiz tubining koʻtarilishi va choʻkishi natijasida yuzaga keladigan juda uzun gravitatsion dengiz toʻlqinlari. Suvning kam siqilishi va suv tubi maydonlarining deformatsiyalanish darajasining juda jadalligi sababli, unga tayangan suv ustuni tarqalishga ulgurmay oʻrnidan qoʻzgʻaladi, natijada okean yuzasidan koʻtarilish va pasayish yuzaga keladi. Bu yuzaga kelgan qoʻzgʻalish suv qatlamining toʻlqinsimon harakatlanishiga sabab boʻladi, yaʼni katta tezlikda (50 dan 1000 km/so-atgacha) harakatlanuvchi Tsunami toʻlqinlari yuzaga keladi. Toʻlqinlar oraligʻidagi masofa 5 dan 1500 km gacha, balandligi esa ochiq okeanda 0,1 m dan 5 m gacha, qirgʻoqlarda 10 m dan 50 m gacha yetadi va undan ham ortib ketadi. Tsunami katta halokatlar keltiradi. Asosan, Tinch okean qirgʻoqlarida (Tsunamilarning 80%) kuzatiladi. Eng kuchli tsunami 1895-yilda Honshu orol yaqinida sodir boʻlgan. Soʻnggi 2004-yil 26 dekabrda Jan.-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan tsunami oqibatida 300 mingdan ziyod kishi qurbon boʻldi va bedarak yoʻqoldi. Shu regionda joylashgan mamlakatlar iqtisodiga ulkan zarar keltirdi. Tsunamidan qisman saq-lanish uchun okean va dengiz qirgʻoqlarida inshootlar quriladi. Bir necha mamlakatlarda aholini Tsunamidan xabardor qilish xizmatlari tuzilgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz