Tsukasa Yoshida




Tsukasa Yoshida (yaponcha: 芳田司; tugʻ. 1995-yil 5-oktyabr, Kioto,Yaponiya) — yaponiyalik dzudochi, 57 kg gacha vazn toifasida, Yaponiya terma jamoasi aʼzosi. 2017, 2018 va 2019-yillarda 57 kg gacha vazn toifasida Jahon chempioni, Osiyo chempioni (2017). 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori.

Faoliyati



2012-yilda Tsukasa Yoshida U20 Osiyo chempioni boʻldi. 2014-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Keyingi yili Tyumenda (Rossiya) „Katta dubulgʻa“ u finalda ruminiyalik Korina Kaprioriuni magʻlub etib va Parijda (Fransiya) turnirida uchinchi oʻrinni egalladi.

2016-yilda u ikkita yangi yirik xalqaro turnir — Bokuda (Ozarbayjon) „Katta dubulgʻa“ va ikkinchi marta Tyumenda „Katta dubulgʻa“ turnirlarida gʻolib chiqdi. Yil oxirida u Tokiodagi turnirda hamyurti Nae Udakini qarshi oʻtkazib, ikkinchi bor gʻalaba qozondi.

2017-yilda Hong Kongda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi. Oʻsha yilning avgust oyida Budapeshtda (Vengriya) oʻtkazilgan Jahon chempionatining finalda yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Xuddi shu Jahon chempionatida u jamoaviy musobaqada Yaponiya aralash jamoasining gʻalabasida ham ishtirok etadi.

2018-yilda Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 57 kg gacha boʻlgan vazn toifasida barcha janglarida gʻalaba qozonib, chempionatning oltin medalini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, Yaponiya terma jamoasi tarkibida aralash jamoalar bahsida ham oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2019-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan Jahon chempionatida u finalda kanadalik sportchi Christa Deguchiga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Aralash jamoa tarkibida u Jahon chempioni boʻldi. 2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ikkinchi kunida 57 kg gacha vazn toifasida yaponiyalik uchinchi oʻrin uchun kurashda gruziyalik Eteri Lipartelianini magʻlub etib, Olimpiadaning bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz