TSIXLASOMALAR



TSIXLASOMALAR (Cichlasoma) -olabug’a baliqlar turkumi urug’i. Uzunligi 10-30 santimetr. Tanasi baland, ikki yondan siqiq. Erkaklarida orqa va anal suzgichlari keyingi cheti uzun va o’tkir. Rangi har xil, ko’pincha dog’lari yo’l-yo’l tusda bo’ladi. 20 ga yaqin turi bor. Shimoliy Amerikaning Janubiy qismi, Janubiy Amerika va Karib dengizi orollaridagi chuchuk suv havzalarida tarqalgan. Suv tubidagi suvo’tlar orasida yashaydi. Uvildiriq tashlashdan oldin juft hosil qiladi. Urg’ochisi bir necha yuztadan 2 mingtagacha uviddiriq tashlaydi. Tuxumlari va yosh baliqchalarni qo’riqlaydi. Bir qancha turlari akvariumlarda boqiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz