TSITSERO
TSITSERO — 1) bosmaxona shrifti. O’lchami (kegli) 12 punkt (4,51 millimetr) ga teng. Dastlab, Tsitseronning “xatlar” asarini chop qilishda qo’llanilgan (Rim, 1467 yil, nomi shundan). Tsitsero asosan bolalar uchun mo’ljallangan nashrlar va boshlang’ich sinflar darsliklarini terish uchun qo’llanadi; 2) bosmaxonalarda harf terish uchun ishlatiladigan chiziqli o’lchovlar birligi: 1 Ts.=12 punkt = kvadrat.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz