TSITOTOMIYA
TSITOTOMIYA (TSITO… va Yunoncha tome — ayirish, kesish), tsitokinez — mitoz yoki meyoz telofazasida ona hujayraning ikki qizlik hujayraga ajralishi. Ko’pchilik o’simlik hujayralarida Tsitotomiya tsitoplazma o’rtasida to’siq shakllanishi orqali sodir bo’ladi. To’siq asta-sekin yon tomonga o’sib, hujayrani teng ikkiga ajratadi. Hayvon va ayrim o’simlik hujayralarida Tsitotomiya hujayra belbog’i hosil bo’ladi. Ba’zi organlar (masalan, jigar, yirik bezlar) hujayralarida Tsitotomiya sodir bo’lmas-ligi tufayli ikki yadroli hujayralar vujudga keladi. Ko’ndalangtarg’il muskullarning ko’p yadroli hujayralari — simplastlar xuddi shu yo’l bilan hosil bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz