Tsinandali (vino)
Tsinandali (gruzincha: წინანდალი) — quruq oq gruzin sharobi. Ushbu sharob Gruziyaning eng mashhur sharoblaridan biri sanaladi. SSSR paytida bu sharob birinchi raqamli sharob hisoblangan. Tsinandali sharobi, sarob sifatini aniqlashga bagʻishlangan xalqaro sharob koʻrgazmalarida 10 ta oltin va 9 ta kumush medallari bilan taqdirlanga.
Ushbu sharob Rkatsiteli va Mtsvane uzum navlaridan tayyorlanadi (85 % dan 15 % gacha). Ikki-uch yil saqlanishlardan keyingina eng yaxshi xususiyatlarini ochib beradi. Yengil goʻsht va baliq ovqatlari bilan birgalikda ichish mumkin. 10—12 °C da yaxshi sovutilgan holda ichish tavsiya etiladi.
Sharobning kelib chiqish vatani Alazani vodiysida joylashgan Tsinandali qishlogʻi hisoblanib, Aleksandr Chavchavadzening oilaviy mulki hamdir. Tsinandali vinochilik bazasi, shuningdek, Gumbori tizmasining shimoliy-sharqiy yon bagʻirlarida joylashgan Akura, Vanta, Bushet, Kvemo Xodasheni, Kisiskhevi, Kondoli, Nastakrali, Shalauri, Kurgelelauri, Vardisubani, Gulgula, Ikalto va Ruispiri qishloqlarini oʻz ichiga oladi. Sanoat uzumzorlari asosan dengiz sathidan 300-750 metr balandlikda joylashgan. Iqlimi oʻrtacha nam, yoz fasli — issiq. Quyosh nurlarining yillik davomiyligi 2 300 soatdan oshadi, doʻl yiliga bir necha marta yogʻadi.
Yuqori sifatli sharob tayyorlashda ishlatiladigan uzumni sentabr oyi oxirida yigʻib olinadi. Rkatsiteli navidagi uzumning oʻrtacha hosildorligi 90-100 sentner/ga ga teng.
Tarixi
Eng qadimgi gruzin sharoblaridan biri hisoblangan Tsinandali sharobini ishlab chiqaruvchi zavod A. Chavchavadze tomonidan tashkil qilingan hamda 1886-yildan buyon ishlab chiqarilib kelmoqda.
Yana qarang
Adabiyotlar
Tsinandali // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (asosiy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1961. — 9-jild — 421-bet
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org