TSIKLAMEN



TSIKLAMEN, Alp fialkasi (Cyclamen) — navro’zdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi; ekma gul. O’rta dengiz va G’arbiy Osiyoda 15 turi, Qrim va Kavkazda 8 turi ma’lum. Madaniy holda eng ko’p tarqalgani fors tsiklameni. Bo’yi 40— 50 santimetr, barglari ko’p, barg bandi uzun. Oktabr—martda gullaydi, gullari yirik, gul shoxida gullaydi, rangi oq, pushti, binafsha, qizil. Chetdan changlanadi. Urug’idan urug’lari iyul—avgustda ekiladi, 20-25 kunda unib chiqadi. Ko’chatlari 2-3 marta yashiklarga ko’chirib o’tkaziladi, bahorda tuvaklarga ekiladi, manzarali o’simlik sifatida xonadonlarda o’stiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz