TSEY MUZLIGI



TSEY MUZLIGI katta Kavkaz tizmasining shimoliy yon bag’ridagi muzlik. Uilpata va Adayxox cho’qqilari oraligida. Maydoni 9,7 kilometr kvadrat. Uzunligi 8,6 kilometr, eni 600 metr. 2200 metr balandlikkacha tushib borgan. Muzlikdan Tseydon daryosi (Ar-don daryosining chap irmog’i) boshlanadi. Tsey muzligi yaqinida alpinistlar lagerlari va turistik baza joylashgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz