TSERNIKE (ZERNIKE) FRIS
TSERNIKE (ZERNIKE) FRIS (1888.16.7, Amsterdam – 1966.10.3, Groningen) — niderland fizigi, Niderlandiya Qirollik Fanlar Akademiyasi a’zosi (1946). Amsterdam universitetini tugatgan (1912). Groningen univrsitetida ishlagan (1913 yildan, 1920-58 yillarda professor). Asosiy ilmiy ishlari optika, matematik statistika va boshqalarga oid. Optik asboblar, xususan, teleskop va mikroskop nazariyasini yaratgan. Nobel mukofoti laureati (1953).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz