Tserera




Serera (belgisi: ; lot. Ceres) — kichik sayyora, asteroid; 1801-yilda J. Piatssi kashf etgan. S. kichik sayyoralar ichida eng kattasi boʻlib, diametri 770 km, oʻrtacha koʻrinma yulduz kattaligi 7,5. Quyosh atrofini 4,6 yilda bir marta toʻliq aylanib chiqadi. S.ning Quyosh atrofidagi orbitasi Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida joylashgan. S. orbitasining katta yarim oʻqi, yaʼni uning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,77 astronomii birlikka teng. S. orbita tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi /=10°,61, ekssentriteti ye=0,076. Hamma kichik sayyoralar singari S. ham aniq geometrik shaklga ega boʻlmagan qattiq jism boʻlib, oʻz atmosferasiga ega emas.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz