TSERERA
TSERERA (lotincha Ceres) — kichik Sayyora, asteroid; 1801 yilda J. Piassi kashf etgan. Tserera kichik sayyoralar ichida eng kattasi bo’lib, diametri 770 kilometr, o’rtacha ko’rinma yulduz kattaligi 7,5. Quyosh atrofini 4,6 yilda bir marta to’liq aylanib chiqadi. Tsereraning Quyosh atrofidagi orbitasi Mars va Yupiter orbitalari oralig’ida joylashgan. Tserera orbitasining katta yarim o’qi, ya’ni uning Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 2,77 astronomii birlikka teng. Tserera orbita tekisligining ekliptika tekisligiga og’maligi /=10°,61, ekstsentriteti e=0,076. Hamma kichik sayyoralar singari Tserera ham aniq geometrik shaklga ega bo’lmagan qattiq jism bo’lib, o’z atmosferasiga ega emas.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz