TSEMENTIT



TSEMENTIT, temir karbidi (G’e3s) — temirtni uglerod bilan hosil qilgan kimyoviy birikmasi; tarkibida 6,67% uglerod bo’lgan murakkab panjarali struktura. Tsementit juda qattiq (NV”800 kg/ mm2) va mo’rt (nisbiy uzayishi 6=0) birikma. Tsementit marganes (Mp), xrom (Sg) va boshqa elementlarni ma’lum milorda erita oladi, lekin o’zi ma’lum sharoitda parchalanib, undan grafit ajralib chiqadi: G’e3s—>Zg’e+S. Shuning uchun Tsementit beqaror birikma hisoblanadi. Tsementitdagi uglerod atomlari o’rnini metalloidlar, masalan, azot yoki kislorod atomlari, temir atomlari o’rnini esa metallar, mas, marganes, xrom, volfram atomlari olishi mumkin. Tarkibidagi temir atomlari o’rnini boshqa metallarning atomlari olishidan hosil bo’lgan birikma legirlangan Tsementit deb ataladi. Tsementit metallning suyuq eritmalari, austenit va perlitpan ajraladi. Kristallanish sharoiti va keyingi ishlov turiga qarab har xil shaklda — teng o’qdi donachalar, plastinalar shaklida bo’lishi mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz