Tselinograd (tuman)





Tselinograd tumani  — Akmola viloyatining janubi-sharqida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 7,4 ming km². Aholisi 61,278 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 7,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Akmoʻl qishlogʻi. Tuman hududi orqali Astana — Qarataldi (Qartali), Qaragʻandi — Petropavlovsk, Astana — Pavlodar temir yoʻli va Astana — Koʻkshetov avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Aholisi



Aholisi 61,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 7,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)

Iqlimi



Iqlimi kontinental. Qishi sovuq va uzoq boʻladi, yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C, qorning oʻrtacha qalinligi 20 sm. Iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250 — 300. mm.

Ijtimoiy soha



Tumanda 1 bolabogʻcha, 26 ta oʻrta, 14 ta toʻliqsiz, 10 ta boshlangʻich maktab, kasbiy-texnik maktab, 1 oliy oʻquv yurtining filiali, 1 musiqa, 1 sport maktabi, 62 ta klub, 68 ta kutubxona, 15 ta oilaviy-shikorlik shifoxona, 31 feldsher-akusherlik punkt bor.

Katta qishloqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz