TSANDER FRIDRIX ARTUROVICH
TSANDER FRIDRIX ARTUROVICH (1887.11.78, Riga – 1933.28.3, Kislovodsk) — olim va ixtirochi, raketa texnikasi yaratuvchilaridan biri. Riga politexnika intini tugatgach (1914), Riga va Moskvadagi sanoat korxonalarida ishlagan (1920 yilgacha). Reaktiv harakat muammolari bilan 1908 yildan shug’ullana boshlagan. 1921 yilda sayyoralararo kema-aeroplan loyihasini e’lon qilgan, 1924 yilda samolyot va raketani o’z ichiga olgan kosmik uchish apparata (KUA) ni yaratgan; parvoz paytida qo’shimcha yonilg’i sifatida Kuaning ish bajarib bo’lgan qismlarini yokish g’oyasini ilgari surgan. 1930-31 yilda tortish kuchi 1,42 N ga teng bo’lgan, siqilgan havo va benzindan iborat yonilgida ishlaydigan or-1 reaktiv dvigatelini, 1931-32 yillarda suyuq yonilg’ida ishlaydigan or-2 raketa dvigateli o’rnatilgan dvigatel kurilmasini yasadi va sinab ko’rdi. Tsander “10 dvigateli” va “gird-X” raketasi loyihasini ishlab chikdi. Oyning teskari tomonidagi krater Tsander nomi bilan atalgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz