TSAMUTALI ALEKSANDR SERGEYEVICH
TSAMUTALI ALEKSANDR SERGEYEVICH (1928.22.9, Qirg’iziston, Prjevalsk shahri 2005.31.1,Toshkent) agronom-iqtisodchi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1988), iqtisod fanlari Doktori (1972), professor (1977), O’zbekiston Qishloq xo’jaligi Fanlar Akademiyasi akademik (1991). Toshkent qishloq xo’jaligi institutini tugatgan (1952). Soyuz Nixida katta ilmiy xodim, bo’lim mudiri (1956-60), O’rta Osiyo iqtisodiyot va qishloq xo’jalik ilmiy tadqiqot instituti bo’lim mudiri (1960-64), direktor o’rinbosari (1965-76), VASXNIL O’rta Osiyo bo’limi raisi o’rinbosari (1976— 91). O’zbekistan qishloq xo’jaligi Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti (1991-92), Respublika qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh ilmiy kotibi (1993-98) 1998 yildan shu markazga qarashli O’zbekiston bozor islohotlari ilmiy tadqiqot institutida yetakchi ilmiy xodim. Ilmiy ishlari paxtachilikda agrotexnika tadbirlari samaradorligini iqtisodiy asoslash, mehnat unumdorligi, kapital mablag’lar samaradorligini oshirish, qishloq xo’jalik mahsulotlariga narx belgilash, agrosanoat integrasiyasi, O’zbekistan agrarsanoat majmuida ilmiytexnika taraqqiyoti istiqbollariga bag’ishlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz