Tsalenjixa munitsipaliteti




Tsalenjixa ( gruzincha: წალენჯიხის მუნიციპალიტეტი , Ċalenjixis municiṗaliṫeṫi ) — Gruziyaning Samegrelo-Zemo Svaneti viloyatidagi tuman. Uning asosiy shahri-Tsalenjixa. Tsalenjixa munitsipaliteti Enguri va Chanistskali daryolari vodiylarida joylashgan, umumiy maydoni 646,7 km2, aholisi 26158 kishini tashkil etadi (2014). Munitsipalitet tarkibiga 14 ta maʼmuriy birlik kiradi, jumladan,2 ta Tsalenjixa va Jvari shaharlari ham

Tarixi



Tsalenjixa va uning atrofi g'arbiy gruzin qabilalarining asl manzilgohi bo'lgan.

Tarixiy manbalarda ko'rsatilishicha, shaharcha hududida odamlar tosh va bronzadan yasalgan mehnat qurollaridan foydalanilgangan davrlarda ham yashashgan. Aynan o'sha paytlardan beri Tsalenjixa hududida g'arbiy gruzin qabilalari yashab kelmoqda.Ushbu hudud va daryo "Chelenjixa", "Tsendixa" Tsalenjixa nomlari bilan ko'rsatilgan.

X—XI asrlarda Tsalenjixa muhim aholi punkti boʻlib hisoblangan, buni esaTransfiguratsiya cherkovi kabi katta va muhim cherkovning aynan shu hududda joylashgani ham tasdiqlaydi. Shu vaqtdan boshlab Tsalenjixaning ahamiyati asta-sekin o'sib boshladi,shuningdek,XIII-XIV asrlarga kelib Tsalenjixa Dadianiyaning bosh qarorgohiga aylandi. Bu yerda ularning hashamatli saroylari, xazinalari va taxminlarga ko'ra, ajdodlar qabri ham bo'lgan. XIV asrda Odishaning eng muhim yeparxiyalaridan birini Tsalenjixaga ko'chirishi uning ahamiyatini yanada oshishiga sabab bo'lgan. Yepiskop markazining Tsalenjixaga ko'chirilishi shahardagi keng ko'lamli qurilish ishlarining boshlanishiga , shuningdek, Tsalenjixa cherkovining XIV asrda Vamek Dadiani (1384-1396) davrida qayta ta'mirlanishiga olib keldi.

2001-yilda Lia qishlog'i Lia radiologik avariya joyi hisoblangan.

Tarixiy joylari




Siyosati



Tsalenjixa shahar assambleyasi ( gruz. წალენჯიხის საკრებულო) — Tsalenjixa munitsipalitetidagi vakillik organi hisoblanadi. Kengash muntazam ravishda sessiyalarda yig'ilib, turli kodekslarga o'zgartirishlar kiritish, kommunal xizmatlar, soliqlar, shahar byudjeti, shahar hokimiyati nazorati va boshqa shu kabi masalalarni ko'rib chiqadi. Tsalenjixa Sakrebulo har to'rt yilda saylanadi. Oxirgi saylov 2021-yil oktyabr oyida bo'lib o'tdi.

Tsalenjixa shahri hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi qo‘lga kirita olmagan yettita munitsipalitetdan biri edi. Bir necha urinishlardan so'ng, muxolifat partiyalari UNM, For Georgia va Lelo Sakrebulo raislari kelishib oldilar, to'rt hafta o'tgach, qo'shni Chxorotsqu munitsipaliteti ham xuddi shunday muzokara yo'lini tanladi.

Mahalliy saylov natijalari



Munitsipal Assambleya

Mayor
Andoza:Election results

Munitsipal Assambleya 2017-2021




Taniqli shaxslar




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz