Try Bennett




Try Entoni Bennett Grant (1975-yil 5-avgustda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik sobiq futbolchi.

Klub faoliyati



Bennet Saprissa uchun professional debyutini 1993-yil 3-oktabrda Puntarenasga qarshi oʻtkazgan va faoliyatining asosiy qismida Saprissa tarkibida toʻp surgan. U Gvatemalaning Comunicaciones va USAC jaoalari bilan chet elda qisqa muddatli ishlagan.

U shuningdek, Heredianoda oʻynagan va faoliyatini 2008-yilning yozida qoʻshilgan " Bryusas "da yakunlagan.

Saprissa bilan u toʻrtta milliy chempionat va ikkita CONCACAF chempionlar kubogini qoʻlga kiritgan va 2005 FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati Toyota kubogida oʻynagan jamoaning asosoiy oʻyinvhilaridan biri boʻlgan, bu yerda Saprissa San-Paulu Futbol klubi va Liverpool FCdan keyin uchinchi oʻrinni egallagan.

Doping nazorati va Istʼefo



2010-yil fevral oyida Bennet 2009-yil dekabr oyida Puntarenasga qarshi chempionat pley-offidan soʻng doping testida deksametazon ijobiy natija berganidan keyin ikki oyga diskvalifikatsiya qilingan.

U 2010-yilning mart oyida nafaqaga chiqgan va bir yildan soʻng uchinchi divizion vakili UNED boshqaruvini qoʻlga olgan.

Xalqaro faoliyati



Bennet 1995-yilda Qatarda boʻlib oʻtgan FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynagan.

U Kosta-Rika terma jamoasidagi debyutini 2002-yilning oktabr oyida Ekvadorga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan va jami 24 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. U oʻz mamlakatini FIFA Jahon chempionati saralashining 3 ta oʻyinida himoya qilgan va 2003 va 2007-yilgi UNCAF Millatlar kubogi hamda 2003-yilgi CONCACAF Oltin kubogi hamda 2004-yilgi Amerika Kubogida oʻynagan.

Uning soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 2007-yil fevralida El Salvadorga qarshi UNCAF Millatlar Kubogi oʻyini boʻlgan.

Xalqaro maydondagi gollar




Shaxsiy hayoti



Uning akasi Jéwisson Bennett ham terma jamoada oʻynagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz