TRUXILO — Peruning g’arbiy qismidagi shahar. Panamerika shossesi yoqasida. Libertad departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 652 ming kishi (2000). Qishloq xo’jalik (shakarqamish, paxta, sholi, kofe) mahsulotlari qayta ishlanadigan yirik markaz. Oziq ovqat, kimyo, ko’nteri sanoati, elektr jihozlari, kurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Shaharga 1543 yilda asos solingan. 17-18-asrlarda qurilgan me’moriy yodgorliklar saqlangan. 1970 yildagi zilzila shaharni vayron qilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish