TRUPPA



TRUPPA (Fransuzcha troupe — tuda) — teatr yoki tsirkning ijodiy jamoasi. Teatr tomosha turiga qarab dramatik, opera, balet, operetta, estrada kabi Truppalarga bo’linadi. Drama, operetta, opera aktyorlaridan iborat 2 tilda ijod qiladigan Truppalar ham bo’ladi (masalan, Navoiy teatrida opera va balet Truppalari o’zbek va rus tillarida ijro etadilar). Dastlab o’zbek teatri Truppalardan boshlangan va ular “Hamza truppasi”, “Uyg’ur truppasi” deb yuritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz