Truba
Truba (qad. nem. trumba — quvur) — yuqori registrli mispuflama soz; yorqin va kuchli ovozga, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega. Nayi bir aylana bukilgan, kanalining uz. 1500 mm atrofida. Qadimdan maʼlum boʻlib, oʻrta asrlarda harbiy, signal musiqa cholgʻusi sifatida keng tarqalgan. Jez yoki mis va rux qotishmasidan yasaladi. 19-asr boshidan pompa yoki ventil mexanizmli T.lar paydo bulgan. Hozirda, asosan, si bemol (in V) va do (in S) tonidagi T.lar qoʻllaniladi. Yakkanavoz, ansambl va orkestr sozi sifatida ishlatiladi. Oʻzbekiston T. ijrochiligi va taʼlim tizimida V. Pulatov, V. Verigin, M. Muhiddinovlar tanilgan. Oʻzbek kompozitorlaridan S. Karimhoji (2 ta — 1967, 1968), M. Bafoyev (1979), P. Xoliqov (1987) va boshqa T. uchun konsertlar yaratishgan.
uz.wikipedia.org