Troya Oti
Troya oti — yunon rivoyatlariga koʻra, yogʻochdan ishlangan ulkan ot; uning ichiga yashirinib olgan yunonlarning sara askarlari Troyaga kirganlar (qarang Troya urushi). Troyaliklar yunonlarning bu hiylasidan gʻaflatda qolishgan va shahar devori oddida turgan otni shaharga olib kirishgan. Tunda yunonlar otning ichidan chiqib qalʼa darvozasini ochganlar va qolgan qoʻshinni shaharga kirishiga imkon berganlar. "Troya oti" iborasi majoziy maʼno (dushmanni halok etish maqsadida unga tuhfa berish) kasb etgan.
uz.wikipedia.org