Trotil




Trinitrotoluol , trotil, tol, C7H5 O6N3 — portlovchi modda; rangsiz, lekin saklanganda sargʻayadigan kristall. Mol. m. 227,13. Atseton va benzolda yaxshi, suvda oz eriydi; suyuqlanish temperaturasi 80,85°, zichligi 1641 kg/m3 (25° da). Kimyoviy barqaror, uzoq vaqt mobaynida parchalanmaydi va portlash xususiyatini yoʻqotmaydi. Portlaganda koʻp miqdorda zaharli uglerod (II)oksid (CO) hosil boʻladi. T. toluolni nitrat va sulfat kislota aralashmasi bilan nitrolab hosil qilinadi. T. oʻqdorilarda va portlatish ishlarida qoʻllanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz