Tropopauza




Tropopauza (yun. tropos — burilish, oʻzgarish, pausis — toʻxtash, tugash) — troposfera va stratosfera orasidagi oʻtish qatlami. T.ning quyi chegarasi sifatida havo trasining vertikal gradiyenti shartli ravishda 0,2°Gʻ100 ga teng va undan kichik boʻlgan sath qabul qilingan. T. balandligi arktik kengliklarda —8–10 km, moʻʼtadil kengliklarda —10–12 km, ekvator ustida — 16–18 km ni tashkil qiladi. T. vertikal qalinligi bir necha 100 m dan 2–3 km gacha tebranadi. T. balandligi yozda yuqori, qishda esa pastroq boʻladi. T. balandligi antitsiklon va siklonlarning oʻtishi bilan ham tebranib turadi. Antitsiklonda baland, sikloida past boʻladi. Odatda, subtropik tez gʻavo oqimida kuzatiladigan past qutb T.si bilan yukrri tropik T.si orasida uzilish sodir boʻladi. Koʻpincha T.ning uzilishida har xil balandliklarda joylashgan ikki T.ni uchratish mumkin.



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz