Tropizm
Tropizm (yunoncha: τρόπος, tropos — burilish, yoʻnalish) — o'simlik organlarining ta'sir etuvchi omil tomon yo'nalgan holda o'sishi yoki omilga nisbatan teskari yo'nalishda o'sishi orqali namoyon bo'ladigan harakat . Tropizm qoʻzgʻatuvchilarning taʼsiriga karab fototropizm (bir tomonlama yoritilishi tufayli), geotropizm (Yerning tortish kuchi taʼsirida), gidrotropizm (tuproq namlanishining yoki havo muhitining har xilligi tufayli) va boshqa ga boʻlinadi. Tropizmni keltirib chiqargan taʼsirot yoʻqotilganda oʻsimlik ilgarigi holatiga qaytishga harakat qiladi (qarang Avtotropizm). Oʻsimlik taʼsirot tomonga burilib oʻssa — musbat, uning aksi boʻlsa — manfiy tropizm deyiladi.
Yana q.
Manbalar
uz.wikipedia.org