Tromboz
Tromboz maʼlum patologik holat natijasida tirik organizm qon tomiri ichida (intravaskular) qon ivish jarayoni. Ushbu jarayonlardan soʻng tomir ichida hosil boʻlgan qon laxtasi (eritrotsit, trombotsitlar va fibrindan iborat) tromb deb nomlanadi. (tromb – tirik organizm yuragida yoki tomirlarida hosil boʻlgan qon tarkibli qattiq massa). Tromboz venalarda hamda arteriyalarda uchrashi mumkin. (periferik venalarda koʻp uchraydi). Intravaskular hosil boʻlgan tromb tomirlarda qon aylanishi (gemodinamika)ga toʻsqinlik qilishi, baʼzan qon oqimi bilan harakatlanib turli aʼzo tomirlari bekilib qolishi yaʼni emboliyaga sabab boʻlishi mumkin.
Virxov uchligi
Virxov tromb shakllanishiga 3 omil sabab boʻlishini koʻrsatadi va bu Virxov uchligi (Virxov triadasi) nomini oladi:
Trombogenez ketma-ketligi
Tromb hosil boʻlishiga olib keladigan hodisalar ketma ketligi quyidagilardan iborat:
Tromb turlari
Trombning 3 turi farqlanadi: 1)
Qizil tromb venoz tromblar odatda qizil, yumshoq va okklyuziv boʻladi. 2)
Oq tromb arterialarda hosil boʻladi, odatda, oq, devoriy va mustahkam boʻladi. 3)
Aralash yoki
laminatlangan tromblar ham keng tarqalgan boʻlib,
Zahn chiziqlari deb nomlanuvchi qizil va oq qon hujayralaridan tuzilgan boʻladi.
Tromb oqibatlari
Qon tomirlar ichidagi tromb hajmi va joyi oʻzgarib turadi. Tromblar quyidagi mexanizmlardan biri orqali organizmga zararli taʼsir qilishi mumkin:
Ishemiya va infarkt
Tromb maʼlum organ qismining qon bilan taʼminlanishini kamaytirishi yoki butunlay toʻxtatishi natijasida ishemiyaga sabab boʻlishi mumkin. Oxir oqibat esa infarkt (aʼzo hujayralarining oʻlimi) kelib chiqishi mumkin. Arterial tromb koʻpincha ishemiya va infarkt sababchisi boʻlishi mumkin. Masalan, koronar arteriyalardagi tromb miokard ishemiyasi va infarktiga sababchi boʻlishi mumkin.
Tromboembolizm
Tromb yoki uning qismi ajralib (tromb 3 qismdan tuzilgan boʻladi, bosh, tana, dum. Koʻpincha trombning dum qismi uziladi) qon oqimi orqali uzoqdagi tomirlarda embollar (tiqin) hosil qilishi mumkin. Yurak va vena tromblari arterial trombga qaraganda koʻproq embol hosil qilishi aniqlanga. Embollarga misollar:
Trombning oldini olish
Tromb shakllanishi yoki kattalashishini oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Antigemostatik mexanizmlar
Qonning “in vivo” usulda ivishini antigemostatik faktorlar balansga solib turadi. Antigemostatik faktorlar quyidagilardan iborat:
Agregatsiyaning oldini oluvchilar
Prostatsiklin Prostatsiklinlar tromboksan-A2 shakllanishini ingibirlash orqali trombotsitlar agregatsiyasini oldini oladigan endogen faktor hisoblanadi. Odatda, tromboksan-A2 va prostatsiklinlar (asosan, prostaglandin I2) orasida balans mavjud boʻlib, laxta tarqalishining oldini oladi yaʼni trombotsit laxtasi lokalizatsiyasini saqlaydi. Shuningdek, aspirin ham tromboksan-A2 shakllanishi ingibirlaydi. Shu sababli tromb shakllanishi oldini oladi. Bu xususiyati bilan aspirin miokard infarkti va insult bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻl keladi.
Sirkulator antikoagulantlar
Organizm sirkulatsiyasi tarkibidagi tabiiy antikoagulantlar organizm antikoagulant mexanizmini tashkil qiladi va ularga: 1) geparin 2) Antitrombin III yoki geparin kofaktori-II 3) protein-C
Geparin Birinchi marta jigardan ajratilgan kuchli, tabiiy antikoagulant hisoblanib, shu sababli geparin nomi berilgan. (lotinchada "hepar" jigar maʼnosini anglatadi). Shuningdek, bir qancha aʼzolardan ham topilgan. Uning tarkibidagi polisaxaridlar (glikozaminoglikanlar) bir qancha sulfat guruhlarini oʻzida saqlaydi. Molekular ogʻirligi esa 15 000 -18 000 Da.
Sekretsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Geparin bazofillar va semiz hujayralar tomonidan sintezlanadi. (jigar, oʻpka va biriktiruvchi toʻqimaga boy organlarda). Geparinning parchalanishi esa jigarda geparinaza fermenti taʼsirida amalga oshadi. Geparin operatsiyadan yoki travmadan keyin tomirlar ichida qon ivishini oldini oladigan faktorlardan biri.
Taʼsir mexanizmi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Geparin bevosita antikoagulant xossaga kam ega yoki umuman ega emas, ammo antitrombin III bilan birga, trombinni olib tashlash maqsadida antitrombin III ning effektivligini 100 barobar oshiradi (tromb shakllanish davomida protrombindan shakllangan trombin fibrin iplariga soʻriladi, shunday qilib geparin trombning haddan ortiq tarqalishining oldini oladi). Yaʼniki trombin antitrombin III bilan kompleks hosil qiladi va trombinning fibrinogenga taʼsirini bloklaydi. Shunday qilib, geparinning antikoagulant mexanizmi:
Antitrombin III Antitrombin III vaskular endoteliyda boʻlgani kabi plazmada ham mavjud. U proteaza ingibitori boʻlib, bir qancha koagulatsion faktorlar (aktiv IX, X, XI va XII) hamda trombinni inaktivatsiyalaydi.
Protein C Protein C jigarda sintezlanadigan plazma oqsili boʻlib, trombomodulin va protein-S bilan birgalikda koagulatsiya tizimini kontrol qilib turadigan negativ qaytar aloqani tashkil qiladi. Aktiv Protein C (APC) VIIIa va Va faktorlarini inaktivatsiyalash yoʻli bilan qon ivish mexanizmini ingibitsiya qiladi. U shuningdek, plazmin hosil boʻlishiga yordam berish orqali fibrinolizni kuchaytiradi.
Trombomodulin Miyaning mikrosirkulatsiyasidan tashqari barcha endoteliy hujayralaridan ishlab chiqariluvchi trombinni bogʻlovchi oqsil. U trombinni protein-C aktivatoriga aylantiradi.
Aktiv Protein C (APC) VIIIa va Va faktorlarini inaktivatsiyalash yoʻli bilan qon ivish mexanizmini ingibitsiya qiladi. U shuningdek, plazmin hosil boʻlishiga yordam berish orqali fibrinolizni kuchaytiradi.
Fibrinolitik mexanizm
Fibrinoliz fibrinning erishiga olib keluvchi jarayonlar yigʻindisini anglatadi. Fibrinolitik sistemaning muhim komponenti plazmin yoki fibrinolizin deb nomlanadi, ular qonda inaktiv holatda boʻlganda plazminogen yoki profibrinolizin deb nomlanadi. Fibrinolitik yoki plazmin tizimi qon laxtalarini lizisi amalga oshiradi va toʻqimalarni qon ivish mahsulotlaridan sekinlik bilan tozalaydi. U shuningdek, qon ivishi natijasida yopilib qolgan tomirlarning qayta ochilishini taʼminlaydi. Ayniqsa periferiyalardagi kichik qon tomirlar ochilishini taʼminlaydi, agar plazmin sistemasi yoʻq boʻlganda, bu tomirlar okklyuziyaga uchrab ketardi.
Plazminogen
Plazminogen jigar tomonidan sintezlanadigan betta globulin oqsili hisoblanadi. Strukturaviy jihatdan odam plazminogeni 560ta aminokislatadan iborat ogʻir zanjir va 241ta aminokislatadan tuzilgan yengil zanjirdan tuzilgan. Ogʻir zanjir amino terminali disulfit bogʻlar bilan bogʻlangan 5ta halqadan (ilmoqdan) iborat. Ushbu ilmoqlar ""kring"lar deb nomlanadi. "Kring"lar – fibrin va boshqa ivish faktorlari hamda protrombinni bogʻlash saytlari hisoblanadi.
Plazmin
Plazminogendan hosil boʻluvchi kuchli proteaza hisoblanadi. U fibrin va fibrinogenni (shuningdek, V, VIII, XII – faktorlarni va protrombinni) lizisga uchratadi va trombin ingibitoridek fibrin parchalanish mahsulotlari (FDP)ni hosil qiladi. Tanada 2ta plazminogen aktivator tizim mavjud: ichki va tashqi
Tashqi plazminogen aktivator tizimi asosiy plazminogen aktivator yoʻlidek tuyuladi, chunki uning yoʻqolishida spontan fibrin choʻkmasi paydo boʻladi. Jarohatlarning tuzalishi kechikadi, oʻsishda defektlar yuzaga keladi. Tashqi aktivator tizim quyidagi agentlar orqali boshqariladi:
1. Toʻqima plazminogen aktivatori (TPA) – shuningdek, vaskular plazminogen aktivatori deb nomlanadi hamda vaskular endoteliydan ajraladi. Tomir devoridan TPA ning ajralishi trombotsitlardan serotinin hamda adrenalin ajralishiga bogʻliq hisoblanadi. Qachonki jismoniy yoki ruhiy stress yoki jismoniy mashqlarda simpatik stimulatsiya hisobidan adrenalin ajralishi yuzaga keladi, bu vaqtda TPA ham kuchli tarzda ajraladi va fibrinni olib tashlaydi. Bundan maqsad qon aylanishini yaxshilash boʻlsada, agar shunday vaziyatlarda qon ketishi yuzaga kelsa uning ivishini ham qiyinlashtiradi. Masalan zoʻravonlik bilan oʻlim kuzatilganda yoki jang maydonida oʻlgan odamning qoni suyuq boʻlishi stress vaqtidagi (adrenalinning kuchli ajralishi, natijada TPA ajralishi bilan bogʻliq) fibrinoliz hisobidan boʻladi. Shuningdek, TPA ajralishini stimullovchi yana bir jarayon – fibrinning oʻzidir. TPA hozirda ishlab chiqarilishi mumkin boʻlib, klinikada qoʻllaniladi. Miokard infarkti boshlanganidan koʻp oʻtmay bemorlarga berilsa koronar arteriyalardagi quyqalarni lizisga uchratadi.
2. Urokinaza tipidagi plazminogen aktivatori (UPA) UPA bir qancha toʻqimalarining endotelial hujayralaridan, buyrak va oʻsma hujayralaridan topilgan. UPA buyrak hujayralaridan ajralib TPA singari litik holatni keltirib chiqaradi. Bakterial enzimlar hisoblangan streptokinaza va stafilokinaza TPA va UPA ga oʻxshash. Ular ham miokard infarktidagi tromblarni lizis qilishda tibbiyotda qoʻllaniladi.
Ichki plazminogen aktivator tizimi
Ivish mexanizmini boshlaydigan kontakt faktorlar (XIIa va kallikrein) shuningdek, plazminogenni faollashtirish orqali trombning parchalanishi (lizisi)ni ragʻbatlantiradi.
Fibrinoliz ingibitorlari
Fibrinoliz tezligiga promotorlar (yaʼni plazminogen aktivatorlari) va ingibitorlari taʼsir qiladi. Fibrinoliz ingibitorlari plazmada, qon hujayralarida, toʻqima va ekstrasellular matriksda boʻladi. Ular plazminni ingibirlashi yoki plazminogenni faollashishiga yoʻl qoʻymasligi mumkin. Ular quyidagilar:
Fibrinoliz tizimi ahamiyati
Fibrinolizis tizimining plazmini quyidagi vazifalarni bajaradi:
Plazmin fibrinolitik funksiyadan tashqari plazma kininlarini (bradikinin va kallidin) hosil qilishi va yalligʻlanishda vaskular harakatlar hamda ogʻriq reaksiyalariga hissa qoʻshishi mumkin.
Antikoagulantlar
Antikoagulantlar qonning koagulatsiya jarayonini kechiktiradigan yoki oldini oladigan moddalar hisoblanadi. “In vitro” usulda qon ivishini oldini olish uchun Ca2+ ni bogʻlaydigan moddalar yordam beradi. (Na sitrat yoki oksalat, Na edetat (EDTA)).
“In vivo” usulda esa trombozni quyidagicha ingibirlash mumkin:
Antikoagulantlarni ichki va tashqi turlarga boʻlish mumkin:
Endogen antikoagulantlar
Endogen antikoagulantlar – qon tarkibida tabiiy ravishda mavjud boʻladi.
Ekzogen antikoagulantlar
Ekzogen antikoagulantlar – tashqaridan organizmga kiritiladi yoki in vitro qoʻllaniladi
Geparinning klinikada qoʻllanilishi
Protamin Protamin – geparin effektini neytrallash uchun qoʻllaniladigan asosiy antidot sifatida qoʻllaniladi. Chunki u geparin bilan qaytmas kompleks hosil qiladi.
Danaparoid – choʻchqaning ichak shilliq qavati hujayralaridan ajratilgan geparin boʻlmagan glikozaminglikan aralashmasi. (84% geparin 12% dermatan sulfat va 4% xondroitin sulfat). U asosan antitrombin bilan Xa faktorni ingibirlaydi, ammo PPT ni uzaytirmaydi.
Lepirudin – zulukning soʻlak bezlaridan ajraladigan girudinning hosilasi. U bevosita trombinni ingibirlaydi.
Ca sekvestrlari Ca sekvestrlari yoki dekalsifikatsiya qiluvchi moddalar “In vitro” usulida qonning ivishini oldini olishni qondan Ca2+ ni olib tashlash orqali amalga oshirish mumkin. Bu agentlar 2turda boʻlishi mumkin:
Vitamin-K antogonistlari Bu moddalar oral yoʻl bilan qoʻllaniladi va koagulatsiyani “in vivo” oldini oladi. Bu moddalar jigardagi K vitamin retseptorlari bilan bogʻlanadi va K vitaminining fiziologik funksiyalari amalga oshishini oldini oladi. Shunday qilib, ushbu moddalar K-vitaminiga bogʻliq VII, IX va X faktorlarni sintezini ingibirlaydi. Bularga kumarin hosilalari (dikumarol), warfarin, fenindion va nikumalon kiradi.
Trombolitik dorilar Trombolitik dorilar – tarkibiga toʻqima plazminogen aktivatori, streptokinaza va urokinaza kiradi.
Antitrombotsitar dorilar Antitrombotsitar dorilar – aspiringa oʻxshash trombotsitar laxta hosil boʻlishini oldini oluvchilar kiradi.
Defibrinatsion moddalar Defibrinatsion moddalar – fibrinogenni destruksiyaga uchratish orqali taʼsir qiladi. Ularga:
Sovuq Qonni sovuq holda saqlash koagulatsiya jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Ammo, uning oldini olmaydi. Shu sababli qon sovuq sharoitda saqlanadi. Sovuqning paradoksal taʼsiri hayotda koʻp uchraydi, qon ketgan vaqtlarda oʻchoq sohasiga sovuq muz yoki boshqa sovuq buyum bosiladi. Bu jarayonda sovuq antikoagulant taʼsir qiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org