Trombon
Trombon (ital. trombone — katta truba) — mis puflama musiqa cholgʻu asbobi. Nayi (uz. 300 sm) 2 marta qayrilgan, karnayi konussimon shaklga ega. Metall mundshtuk orqali havo yordamida ijro etiladi. Uzaytirib qisqartiriladigan ([kulis],nayi suriluvchan, sugtrombon) va ventil mexanizmli turlari mavjud. 16-asrdan orkestr tarkibiga kirgan. Tovushi kuchli.Alt, tenor, bas kabi turlari mavjud. Xromatik tovushqatorga ega. Yakka, ansambl va simfonik, puflama sozlar, estrada orkestrlarida keng qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda Trombon ijrochiligi va taʼlim tizimida A. Morozov, S. Qozoqboyev, A. Vergilesovlar tanilgan.
uz.wikipedia.org